Koronavirus tarqalishini eng samarali tiyib turgan davlat ma’lum bo‘ldi
Olam
−
07 aprel 2020
21625Bugun butun dunyoda koronavirus pandemisi avj olayotgan bir vaziyatda virusning tarqalishiga eng muvaffaqiyatli qarshilik ko‘rsatayotgan davlat nomi aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, Tayvan odamlarni kasallikdan eng samarali himoya qilyapti. Bu haqda SNN ilmiy tadqiqotlarga tayyanib xabar berdi.
Aholisini koronavirusdan himoya qilish bo‘yicha eng samarali kurash olib borayotgan yetakchi mamlakatlarni aniqlashda bir nechta omillarga e’tibor qaratilgan. Xususan, koronavirusning mamlakatga kirib kelgan vaqti, aholi soni va uning kasallanganlar soniga nisbati, ko‘rilgan choralar va ularning samaradorligi.
Qisman Xitoy hokimiyati tan olingan orol davlatning aholisi Avstraliyaniki bilan teng. Ammo Tayvan epidemiya markaziga yaqin bo‘lsada, boshidan vaziyatni yaxshi nazoratga oldi. Mutaxassislar, shu jumladan Jon Xopkins universiteti olimlari oroldagi epidemiologik vaziyatning achinarli holga kelib qolishini taxmin qilgandi.
Biroq epidemiya boshlanganidan 10 hafta o‘tib, Avstraliyada 5 ming kishida koronavirus aniqlangan bo‘lsa, Tayvanda 400 dan kamroq holat qayd etildi.
Buni 124 banddan iborat qattiq karantin choralarining natijasi deyish mumkin. Karantin choralariga Xitoyga bormaslik, orol portlarida kruiz laynerlarining yonma-yon kelishini taqiqlash va cheklovlarni buzganlarni qattiq jazolash kirgan.