AQSHda o‘zga sayyoraliklarning qoldiqlari topilgani aytildi

Bu qiziq

image

AQSH hukumati o‘nlab yillar davomida halokatga uchragan o‘zga sayyoraliklar kemalarini to‘plash va rekonstruksiya qilishga urinish bo‘lgan dasturni boshqargan. Bu haqda kecha, 26 iyul kuni sobiq razvedka xodimi Devid Grush aytdi.

2023 yilgacha AQSH Mudofaa vazirligida noma’lum anomal hodisalar tahliliga rahbarlik qilgan Grush Vashingtondagi Vakillar palatasining nazorat qo‘mitasiga dastur doirasida “inson bo‘lmagan” mavjudotlar topilganini ma’lum qilgan.

"Vaziyatimni bajarish chog‘ida halokatga uchragan noma’lum samolyotni topish bo‘yicha ko‘p yillik dastur va ularning keyingi reinjiniringi haqida ma’lumot oldim, ammo unga kirishimga ruxsat berilmadi", deydi Grush.

Grushning ta’kidlashicha, uning sa’y-harakatlari bitta maqsadga – o‘zga sayyoraliklar haqidagi ma’lumotni shaffof va ochiq qilishga bag‘ishlangan.

Ammo Grush bu gaplari tufayli juda qattiq jazoga duch kelganini aytib o‘tgan.

"Bu menga ham professional, ham shaxsan zarar yetkazdi", deydi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Kongressi Vakillar palatasi qo‘mitasining a’zosi respublikachi Tim Burchett o‘zga sayyoraliklarning Yerga kelganiga bir asrdan oshganini aytgandi. Bundan tashqari, Stenford universiteti professori, immunolog Garri Nolan Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan “Pentagon, yerdan tashqari razvedka va halokatga uchragan noma’lum uchar jismlar” konferensiyasida o‘zga sayyoraliklar Yerga tashrif buyurgani va hozir ham shu yerda ekanini da’vo qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh o'zga sayyoraliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing