AQSHda o‘zbekistonlik vatandoshini otib qo‘ydi
3-sahifa
−
19 yanvar 2023
22103AQSHning Florida shtatida ikki o‘zbekistonlik janjallashib, biri ikkinchisini otib qo‘ydi. Bu haqda “Fox 35” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 16 yanvar kuni 42 yoshli G‘ani Jo‘raboyev vatandoshi Bekzod Nishonboyevni otib qo‘ygan. Voqeadan so‘ng, Jo‘raboyev uni shifoxonaga olib borgan. Ammo Nishonboyev olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Qayd etilishicha, otishmaga 5 ming dollar atrofidagi kelishmovchilik sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak 2 nafar hamyurtini pichoqlagandi.
LiveBarchasi