AQSHda o‘zbekistonlik 30 yilga qamaldi
Olam
−
27 Sentabr 2019
12555AQSHning Nyu-York okrugi sudi O‘zbekiston fuqarosi Dilhayot Qosimovni ISHID terrorchi tashkiloti a’zolarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlagani uchun 30 yil ozodlikdan mahrum qildi.
Okrug sudyasi Uilyama F.Kuns raisligida bir hafta davom etgan sud jarayonidan keyin Dilhayot Qosimov aybdor deb topildi. Sud qarorida aytilishicha, Qosimov ISHID tarkibiga yangi olinganlarni Suriyaga yetib olishi uchun mablag‘ bergan.
Federal tergov byurosi taqdim etgan dalillar Qosimovni barcha punktlar bo‘yicha noqonuniy xatti-harakatlar qilganlikda aybdor deb, topishga yetarli bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qosimov 2015 yil fevralida Jon Kennedi xalqaro aeroportiga kelib, o‘zining ikki tanishi – Abdurasul Jo‘raboyev va Ahror Saydahmetovga Suriyadagi jang harakatlari davom etayotgan hududga yetib olishi uchun 1600 dollar bergan. Qosimov pullarni faqatgina o‘z nomidan emas, sheriklari Abror Habibov, Akmal Zokirov, Azizjon Rahmatov nomidan ham bergan.
Aeroportda Abdurasul Jo‘raboyev va Ahror Saydahmetov FTB agentlari tomonidan qo‘lga olingan.
Jo‘raboyev, Saydahmetov, Habibov, Zokirov va Rahmatov o‘z aybini to‘la tan olgan. Habibov, Zokirov va Rahmatov sud hukmini kutyapti. Jo‘raboyev va Saydahmetov o‘ziga tayinlangan 15 yillik qaom jazosini o‘tayapti.
LiveBarchasi