AQSHda o‘lat aniqlandi

Olam

image

AQSHning Kolorado shtatida yashovchi fuqaroda o‘lat aniqlandi. Bu haqda “Denver Post” gazetasi xabar berdi.

Ammo shifokorlar havotirga o‘rin yo‘qligini, bu 2015 yildan beri shtatda aniqlangan ilk o‘lat holati ekanini aytmoqda.

O‘lat aniqlangan odam sog‘ayib bo‘lgan. Virus unga olmaxondan o‘tgan bo‘lishi taxmin qilinyapti.

Sog‘liqni saqlash boshqarmasi veterinari Jennifer Xausning so‘zlariga ko‘ra, o‘lat kemiruvchilarda bo‘ladi, ba’zi holatlarda esa boshqa turlarga masalan, it va mushuklarga o‘tadi. Kamdan kam hollarda odamlarga ham yuqadi.

Bu kasallikka chalinganlarning ko‘pi antibiotik hisobiga tezda sog‘ayadi. So‘nggi 15 yilda Koloradoda 21 kishida o‘lat aniqlangan.

Avvalroq, Mo‘g‘ulistonda O‘rta asrlarda Yevropa aholisining qirilib ketishiga sabab bo‘lgan bubon vabosi aniqlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

o'lat

Baholaganlar

1178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing