AQSHda tornadolar 26 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Olam
−
26 mart 2023
5634AQSHning Missisipi shtatida sodir bo‘lgan kuchli tornado kamida 25 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, kuchli shamol tufayli katta zarar ko‘rgan Alabama shtatida ham yana bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Missisipi shtatining Jekson shahridagi Milliy ob-havo xizmati meteorologining so‘zlariga ko‘ra, tornado yer yuzini taxminan bir soat davomida aylanib o‘tgan va taxminan 274 km masofada vayronagarchilik yo‘lini yaratib, yuzlab binolarni vayron qilgan. Dovuldan 1700 nafar aholi istiqomat qiluvchi Rolling Fork shahri eng ko‘p zarar ko‘rgan. Undagi uylar xarobaga aylangan, daraxtlar singan, mashinalar turli tomonga otilmoqda. Shahardagi suv minorasi yerga qulab tushgan.
“Biz bilamizki, ko‘plab odamlar jarohatlangan. Qidiruv-qutqaruv guruhlari ishini davom ettirmoqda. Biroq yo‘qotishlar bu shaharlarda abadiy izini qoldiradi”, deb yozgan Missisipi gubernatori Teyt Rivz Twitter’da.
Shuningdek, u favqulodda holat e’lon qilgani va Prezident Jo Bayden bilan muzokaralar olib borganini ma’lum qilgan. Rivzning so‘zlariga ko‘ra, Bayden Missisipi hukumatini ularga yordam berilishiga ishontirgan.
Alabama shtatida treylerda yashovchi erkak vafot etdi. Treyler ag‘darilgan va shtat rezidenti olgan jarohatlaridan vafot etgan. Bu shtatda 25 mart kuni tornadodan keyin qayd etilgan yagona o‘lim bo‘lgan.
LiveBarchasi