AQSHda TikTok chekloviga qarshi sudga da’vo arizasi kiritildi 

Texnologiya

image

Kecha, 8 avgust kuni dunyoning ikkita katta texnologik guruhi: Netchoise va Bytedance 1 yanvardan kuchga kirishi rejalashtirilgan Montana shtatida TikTok`ni bloklash haqidagi qonunga qarshi sudga da’vo arizasi kiritdi. Bu haqda “Reuters” nashri ma’lum qildi.


150 milliondan ortiq amerikaliklar foydalanadigan TikTok AQSHda Xitoy hukumatining mamlakatga ta’siridan xavotir sabab umummilliy taqiqlarga duch kelmoqda.Chunki TikTok Xitoyning Bytedance texnologik gigantiga tegishli. 

“Kompaniya AQSH foydalanuvchilari ma’lumotlarini Xitoy hukumati bilan baham ko‘rmagan va TikTok foydalanuvchilarining maxfiyligi va xavfsizligini himoya qilish uchun jiddiy choralar ko‘rgan”, dedi Xitoy kompaniyasi vakili.

Kompaniya may oyida AQSH davlatining birinchi turidagi taqiqini bekor qilishga urinib, bu kompaniya va foydalanuvchilarning so‘z erkinligi huquqini buzishini aytgandi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tiktok`ning ushbu buyruq haqidagi bu safargi so‘rovi bo‘yicha eshitish 12 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. 

 “Agar taqiq haqidagi qonun kuchga kirsa, internet parchalanib ketadi va uning insoniyat uchun qiymati pasayadi”, deb fikr bildirgan texnologik guruhlar.

Montanadagi 380 ming yoki shtatdagi 1,1 million kishining uchdan biridan ko‘prog‘i TikTok video xizmatidan foydalanadi.

Montana hokimiyati TikTok tomonidan har bir qoidabuzarlik uchun 10 ming dollar jarima solishi mumkin. Ammo qonunga ko‘ra, TokTok`ning alohida foydalanuvchilariga jazo tayinlanmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iroq
va Braziliyada Telegram messenjeri bloklangan. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi Threads’ni cheklab qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

sud AQSh Xitoy TikTok da'vo bloklash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing