AQSHda tarixdagi eng dahshatli tornado yuz berdi

Olam

image
0:00
0:00
download

10 dekabrdan 11 dekabrga o‘tar kechasi AQSH sharqida joylashgan Kentukki shtatida tornado sodir bo‘ldi. Buning oqibatida 50 dan ortiq kishi halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda shtat gubernatori Endi Beshirga asoslanib TASS xabar berdi. 

“Bizning fikrimizcha, bu hodisa oqibatida halok bo‘lganlar soni 50 kishidan oshadi, balki 70 yoki 100 ga yaqin bo‘ladi”, deydi Endi Beshir.

Qayd etilishicha, tornado Meyfild shahridagi sham zavodining tomiga ham zarar yetkazgan. 

Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, yarim tungacha shtatda favqulodda holat e’lon qilingan. Shtat hokimiyati Milliy gvardiyani odamlarni qidirish, shuningdek tornado oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilgan.

Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tornado shtat tarixidagi eng dahshatlisi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

tornado

Baholaganlar

1074

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing