AQSHda SpaceX`ga qarshi surishtiruv boshlandi

Olam

image

AQSH Federal aviatsiya agentligi (FAA) 2020 yil dekabrda sinov paytida SpaceX kompaniyasining Starship kosmik kemasi prototipi portlaganidan keyin tergov boshladi. Bu haqda “The Verge” portali xabar berdi.

Bu hodisa 9 deabr kuni Texas shtatida yuz bergandi. Kelajakda Marsga uchirish uchun mo‘ljallangan kema prototipi belgilangan balandlikka yetib, so‘ng pastlay boshlagandi. Dastlabki uchish maydonidagi asfaltga tegishi bilan portlab ketgandi. SpaceX rahbari Ilon Mask shunga qaramay, sinov muvaffaqiyatli o‘tdi deb e’lon qildi.

FAA shu haftada surishtiruv boshlagan. Agentlik xodimlari SpaceX uchirish talablarini buzishda gumonlanyapti. Ammo aynan qanday qoidabuzarlik bo‘lgani aytilmagan. FAA`ning ta’kidlashicha, SpaceX regulyatorning talablarini bajarishi uchun qator talablarni bajarishi kerak.

SpaceX FAA surishtiruvi sabab kosmik kemasining yangi sinovlarini kechiktirishga majbur bo‘ladi.

Starship kosmik kemasi Marsga parvoz qilish uchun mo‘ljallangan. Kema bir vaqtda 100 kishini fazoga olib chiqishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

SpaceX

Baholaganlar

153

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing