AQSHda sovuq havo tufayli halok bo‘layotganlar soni ortmoqda
Olam
−
20 fevral 2021
6771AQSHda sovuq havo va kuchli qor yog‘ishi tufayli vafot etganlar soni 47 kishiga yetdi. Bu haqda "The Washington Post" o‘z hisob-kitoblariga asoslanib xabar bergan.
Jabrlanganlarning aksariyati Texas shtatida bo‘lib, u yerda aholi noqulay ob-havo sharoiti tufayli elektr energiyasiz qolgan.
Texasda vafot etganlar 30 kishini tashkil etmoqda.
Qutqaruvchilarga ko‘ra, qurbonlar soni ko‘payishi mumkin.
Shtatdagi quduqlar, gaz quvurlari va shamol turbinalari muzlab qolgan.
Shuningdek, AQSHda millionlab odamlar elektr energiyasiz qolmoqda.
Avvalroq, AQSHdagi kuchli qor bo‘roni 21 kishining hayotiga zomin bo‘lgani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi