AQSHda soxta saylov uchastkasi aniqlandi

Olam

image

AQSHning Kaliforniya shtati rasmiylari soxta saylov uchastkasi haqidagi xabarlarni tekshirmoqda. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

Jurnalistlar noqonuniy saylov uchastkasini aniqlashgan. So‘ngra bu haqda saylovchilarni ro‘yxatga olish idorasiga xabar berishgan Qayd etilishicha, noma’lum shaxs ushbu manzilda fuqarolardan ovoz berish byulletenlarini qabul qilib, ularga "Men ovoz berdim" degan soxta stikerlarni bergan. Voqea joyiga tergov o‘tkazish uchun mahalliy hokimiyat vakillari yetib kelishdi.

Avvalroq AQSH Federal qidiruv byurosi (FQB) telefon va SMS-robotlar yordamida prezidentlik saylovlariga ziyon yetkazishga urinishni tekshirayotgani haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda Amerika Qo‘shma Shtatlarida Prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, demokrat Jo Bayden amaldagi Prezident, respublikachi Donald Trampdan oldinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh saylov

Baholaganlar

271

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing