AQSHda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid quriladi

Jamiyat

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid barpo etiladi. Bu haqda “Dunyo AA” xabar berdi.

O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi (AQSH) Bosh konsulxonasi vakillari Ogayo shtatining Sinsinnati shahrida istiqomat qiluvchi vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli o‘tkazgan.

Muloqot davomida Bosh konsulxona delegatsiyasi Sinsinnati shahrida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi O‘zbekiston jome masjidi qurilishiga tayyorgarlik ishlarining borishi bilan tanishgan. “Hamkor Uz Cincinati Association” mulki o‘laroq 8665 State Route 48, Maineville, Ohio 45039 manzilida joylashgan 2,7 gektar maydon ko‘zdan kechirilgan.

Ayni paytda “Hamkor Uz Cincinati Association” o‘zbek diasporasi tashkiloti Ogayo shtatining arxitektura va qurilish kompaniyalari o‘rtasida qurilajak binoni loyihalash va dizayn smetalarini tayyorlash bo‘yicha tanlov e’lon qilgan. Majmua hududida 600-700 kishiga mo‘ljallangan ibodat uchun asosiy bino, tahorat olish xonalari va boshqa maxsus yordamchi inshootlar va 100 dan ortiq avtomobil uchun turargoh barpo etiladi. 

Shuningdek, majmuada “Hamkor Uz Cincinati Association” o‘zbek diasporasi vakolatxonasi hamda o‘zbek tili va adabiyoti, odobnoma va boshqa fanlar bo‘yicha vatandoshlarimiz farzandlari o‘qiydigan sinf xonalari joylashadi.

Loyiha Amerika Qo‘shma Shtatlarida yashovchi vatandoshlar tomonidan amalga oshiriladigan ehson mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh masjid

Baholaganlar

341

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing