AQSHda saylov: Bayden rasman Trampga raqib bo‘ldi
Olam
−
19 avgust 2020
6814AQSHning Demokratlar partiyasi kecha, 18 avgust kuni noyabr oyida o‘tkaziladigan prezidentlik sayloviga Jozef Baydenni o‘zining nomzodi sifatida tasdiqlandi. Bu qaror Viskonsin shtatidagi Miluoki shahrida o‘tkazilgan partiya s’ezdida qabul qilindi.
Ovoz berish pandemiya sabab virtual shaklda o‘tkazildi. Amerika shtatlari delegatsiyalari va dengizorti hududlari navbat bilan Bayden va Vermont shtatidan bo‘lgan senator Berni Sandersga ovozini berdi. U ichki kurashda Baydenning asosiy raqibi edi, ammo aprelda poygadan chiqdi. Bayden kerakli bo‘lgan ovozlardan ozgina ko‘p delegatning qo‘llab-quvvatlashiga erishdi. Umumiy hisobda Bayden 3 550 ovoz va Sanders 1 150 ovoz to‘pladi.
Demokratlar partiyasi Bayden nomzod sifatida ko‘rsatilganini e’lon qildi. Endi partiya nomidanu chiqish qilishi kerak bo‘ladi. bu payshanba kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
AQSHda prezidentlik saylovi 3 noyabrga rejalashtirilgan. Baydenga Respublikachilar partiyasidan amaldagi Prezident Donald Tramp raqiblik qiladi.
Avvalroq, AQSHdagi 5 ta Prezidentning saylanishini to‘g‘ri topgan mutaxassis navbatdagi saylov bo‘yicha o‘z taxminini bildirgandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar