Kamola! U AQSH tarixida qolishi mumkin
Olam
−
12 avgust 2020
32773AQSHning sobiq vitse-prezidenti, joriy yilda o‘tkaziladigan saylovda Demokratik partiyadan nomzodini ilgari surgan Jo Bayden Kaliforniya shtatidan bo‘lgan senator Kamola Xarrisni o‘zining vitse-prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatdi.
Agar Bayden saylovda g‘alaba qozonsa, Xarris AQSH tarixidagi birinchi ayol vitse-prezident va birinchi qoratanli amerikalik siyosatchi bo‘ladi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Shuningdek, Bayden g‘alaba qozonsa, Xarris AQSH Demokratik partiyasiga ham rahbar bo‘lishi mumkin.
Xarris 55 yoshda. U 2016 yilda senator bo‘lgan. Bungacha 2010 yildan beri Kaliforniya Bosh prokurori bo‘lgan.
Uning onasi asli Hindistondan ilmiy ish qilish uchun Amerikaga kelgan, otasi yamaykalik. Govard universitetini tamomlagan.
Immigrantlar avlodi va qoratanli Harrisning nomzodi Trampning antiimmigrant siyosatiga va yashirin irqchilik siyosatiga qarshi yaxshi javob bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, AQSHda prezidentlik saylovi joriy yilning 3 noyabr kuniga belgilangan. Saylovda ikki asosiy nomzod bor. Bular: Respublikachilar partiyasidan bo‘lgan amaldagi Prezident Donald Tramp va demokrat Jo Bayden.
LiveBarchasi