AQSHda saylov: 5 ta Prezident kim bo‘lishini topgan olim o‘z taxminini aytdi

Olam

image

AQSHning beshta Prezidentini saylovda g‘olib bo‘lishini to‘g‘ri bashorat qilgan Amerika universiteti professori, siyosatshunos va tarixchi Allan Lixtman 2020 yildagi saylovlarda kim saylanishi haqida taxminlarini aytdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Tarixchi g‘olibni aniqlash uchun “13 kalit” deb nomlangan shaxsiy tizimidan foydalanadi. Unda iqtisodiyot, egallab turgan lavozimi, ijtimoiy ko‘tarilish va mojarolar, shuningdek, nomzodning shaxsiy sifatlari inobatga olinadi.

Olim saylovda kim g‘olib bo‘lishi haqida fikr bildirib, Oq uyning amaldagi rahbari, uni tark etishini taxmin qildi. Shu tariqa u Demokratik partiya vakili Jo Baydenning g‘alabasiga ishora qildi.

Lixtman 1984 yildagi saylovda kim muvaffaqiyat qozonishini to‘g‘ri aytgandi. O‘shanda Ronald Reygan ikkinchi muddatga saylangan. Olimning o‘zini oqlamagan yagona taxmini 2000 yildagi saylov bilan bog‘liq. U Demokratik partiya vakili Albert Gorning g‘alabasini taxmin qilgan. Oliy sud Floridada ovozlarni sanashni to‘xtatish to‘g‘risida qaror chiqarmaganda Gor haqiqatan Prezident bo‘lishi mumkin edi.

Allan Lixtman – amerikalik tarixchi va siyosatchi. U mualliflik metodi bilan to‘qqizta saylovda kim g‘olib bo‘lishini to‘g‘ri aytgan. 2016 yilda Trampning muvaffaqiyatini ham bashorat qilgan, ammo o‘shanda u impichment sabab ketishini ham taxmin qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh saylov Allan Lixtman

Baholaganlar

970

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing