AQSHda samolyot yuk mashinalari ustiga quladi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Kecha, 12 oktyabr kuni AQSHning Texas shtatida kichik samolyot qulab, bir nechta yuk mashinalariga urildi. Hodisa oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etdi. Bu haqda “Fox4” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, falokat mahalliy vaqt bilan soat 13:30 atrofida Eyvondeyl shahri yaqinida sodir bo‘lgan. To‘qnashuvdan so‘ng bir nechta yarim tirkamali yuk mashinalari va atrofdagi o‘tloq joylar yonib ketgan, ammo yong‘in qisqa fursatda o‘chirilgan. Yongan transport vositalari soni hozircha aniqlanmagan.

Hodisa paytida samolyotda qancha yo‘lovchi bo‘lgani noma’lum. Voqea joyidagi trassa har ikki yo‘nalishda yopilgan.

Hodisa joyiga AQSH Federal fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi va Milliy transport xavfsizligi kengashi mutaxassislari yetib borib, voqeani tergov qilishda yordam bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Kaliforniya shtati San-Diyego hududida kichik xususiy samolyot uy ustiga qulab tushgandi. Samolyot Sound Talent Group musiqa agentligining hammuassisi Deyv Shapiroga tegishli bo‘lgan. Agentlik uning halokat oqibatida vafot etganini tasdiqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot Texas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing