AQSHda politsiya xodimlari o‘q uzgan afroamerikalik vafot etdi
Olam
−
27 Sentabr 2021
6852AQSHning Kaliforniya shtatida ikki nafar politsiya xodimi plyajda shubhali ko‘ringan afroamerikalikni otib tashlashdi. Buning oqibatida u shifoxonada vafot etdi, deb yozmoqda “TMZ” nashri.
Qayd etilishicha, voqea plyajda syorfing bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqa paytida sodir bo‘lgan. Politsiya erkakni o‘nlab odamlarning ko‘z o‘ngida yaqin masofadan otib tashlagan.
Ma’lum bo‘lishicha, politsiya xodimlariga noma’lum shaxs sohil bo‘ylab pichoq bilan
yurgani haqida qo‘ng‘iroq kelib tushgan. Shu sabab politsiya voqea joyiga yetib kelib, noma’lum shaxsga qurolini tashlashni buyurgan, biroq u hech qanday munosabat bildirmagan.
Xabarda ta’kidlanishicha, afroamerikalik ofitserlardan uzoqlashib, ularga o‘girilgan holda qo‘lida nimanidir ushlab turgan. Keyin esa ikki politsiyachi unga qarata o‘q uzgan. Olgan jarohatlari sabab erkak shifoxonaga yotqizilgan, biroq keyinchalik vafot etgan.
Shundan so‘ng, Kaliforniyadagi “Black Lives Matter” harakati rahbari Tori Jonson politsiya xodimlarini javobgarlikka tortishni talab qilgan. Hozirda ofitserlar tekshirilmoqda.
LiveBarchasi