AQSHda otishma chiqdi. Qurbonlar borligi aytilmoqda

Olam

image

Amerikaning Nevada shtatidagi Xenderson shahrida yuz bergan otishma oqibatida to‘rt kishi, jumladan, gumonlanuvchi halok bo‘ldi. Bu haqda KSNV telekanali xabar bermoqda.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya jarohat olgan ikki kishini uchratishgan. Gumondor esa yaqin atrofdagi mashinadan topildi, deyiladi xabarda. Gumon qilinuvchi bilan aloqa o‘rnatishga urinishdan so‘ng, o‘rtada otishma chiqqan.

Ayni paytda bir kishi shifoxonaga yotqizilgan, to‘rt kishi, shu jumladan, gumonlanuvchi vafot etgan. Ayni paytda boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, AQSHda 3 noyabr kuni Prezidentlik saylovi boshlandi. Amerikaliklar saylovda Prezident va Vitse-prezidentni, shuningdek, Kongressning yangi tarkibini saylashadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh otishma

Baholaganlar

303

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing