AQSHda oktyabr oxirigacha ommaviy emlash boshlanishi mumkin

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp joriy yilning oktyabr oyi oxirigacha yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash boshlanishini istisno qilmadi. 

Oq uy rahbarining ta’kidlashicha, COVID-19 uchun kamida uchta vaksina klinik sinovlarning so‘nggi, uchinchi bosqichida. 

“Emlash, ehtimol oktyabr oyi oxiriga qadar boshlanishi mumkin. Bu saylovlar yaqinlashayotgani uchun emas. Biz odamlar hayotini saqlab qolishni istaymiz”, deydi Amerika rahbari Pensilvaniya shtatidagi tarafdorlariga. 

Trampning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlarda koronavirus infeksiyasining o‘lim darajasi aprel oyiga nisbatan 85 foizga past. 

Ma’lumot o‘rnida, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar 26 million 304 856 nafarni tashkil etmoqda. Kasallanish bo‘yicha AQSH birinchi o‘rinda bormoqda. Mamlakatda 6 million 150 016 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 2 million 266 957 nafari sog‘aygan, 186 790 nafari vafot etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp

Baholaganlar

78

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing