AQSHda musulmonlarga nisbatan kamsitish holatlari 70 foizga oshdi – “Reuters”
Olam
−
30 iyul
6236AQSHda musulmonlar va falastinliklarga nisbatan kamsitish va hujumlar 2024 yilning birinchi yarmida G‘azo sektorida davom etayotgan mojarolar fonida 70 foizga oshgan. Bu haqda Amerika-Islom munosabatlari kengashi (CAIR) ma’lumotlariga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Aniqlik kiritilishicha, 2024 yilning o‘tgan olti oyi davomida CAIR musulmonlar va falastinliklarga nisbatan kamsitish holatlari, shuningdek, nafrat bilan bog‘liq jinoyatlar haqida 4,9 ming xabar olgan. 2023 yilning shu davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 70 foizga oshgan.
Huquq himoyachilarining qayd etishicha, eng ko‘p murojaatlar ta’lim, ish va boshpana sohasidagi kamsitishlar bilan bog‘liq. Butun 2023 yil davomida CAIR 8 mingga yaqin bunday shikoyatlarni qabul qildi, shu jumladan yilning so‘nggi uch oyida – Falastin-Isroil mojarosi avj olgan paytda 3,6 mingta shikoyat tushdi.
Ma’lumot uchun, 2023 yil 7 oktyabrdan beri G‘azo sektoridagi urush oqibatida 39 ming falastinlik halok bo‘ldi va 90,1 ming kishi yaralandi.
LiveBarchasi