AQSHda Mustaqillik bayramini nishonlash paytida 150 kishi halok bo‘ldi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Amerika Qo‘shma Shtatlarida Mustaqillik bayramini nishonlash paytida 400 dan ortiq qurolli mojarolar bo‘lib o‘tdi, oqibatda kamida 150 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda CNN xabar bergan. 

Ta’kidlanishicha, mamlakat bo‘ylab yirik shaharlarda qurol qo‘llanilgan jinoyatchilik keskin o‘sgan. Ma’lumotlar 72 soat ichida (2-4 iyul) o‘q otish hodisalari va qurol zo‘ravonligi qurbonlari sonini o‘z ichiga oladi. Qayd etilishicha, jinoyatchilik statistikasi yangilanishi va to‘ldirilishi mumkin. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Nyu-Yorkda 21 ta otishma sodir bo‘lib, 26 kishi qurbon bo‘lgan. Bundan tashqari, Chikago, Texas, Virjiniya, Ogayo, Dallas va Atlantada qurolli to‘qnashuvlar yuz bergan. 

Ma’lumot o‘rnida, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Mustaqillik kuni har yili 4 iyulda nishonlanadi. 1776 yilning shu kuni AQSHning Buyuk Britaniya qirolligidan mustaqilligi to‘g‘risida deklaratsiya qabul qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh otishma

Baholaganlar

506

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing