AQSHda Milliy gvardiya vertolyoti halokatga uchradi. Qurbonlar bor

Olam

image

Kecha, 8 mart kuni AQSHning Texas shtatida Milliy gvardiya vertolyotining qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, bir kishi jarohatlangan. Bu haqda ABC telekanali xabar berdi.

“AQSH-Meksika chegarasi yaqinida vertolyot qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi”, deya xabar bergan telekanal Mudofaa vazirligi rasmiysiga tayanib.

Bildirilishicha, janubi-g‘arbiy chegara patrul missiyasiga tayinlangan UH-72 Lakota vertolyoti kecha, juma kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:50 da Meksika bilan chegaraga yaqin La Grulla shahrida o‘tkazilgan operatsiya vaqtida halokatga uchragan. Ikki askar va bir chegara xizmati xodimi halok bo‘lgan, yana bir askar yaralanib, shifoxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyi boshlarida Rossiya tarkibidagi Kareliya respublikasida Mi-8 vertolyoti Onega ko‘li uzra parvoz paytida halokatga uchragan edi.


Maqola muallifi

Teglar

halokat Milliy gvardiya vertolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing