AQSHda maktab avtobusi ag‘darilib ketdi. Qurbon bor

Olam

image

Kecha, 17 aprel kuni AQSHning Janubiy Karolina shtatida maktab avtobusi ag‘darilib ketdi, oqibatda bir kishi halok bo‘ldi, o‘n sakkiz kishi jarohat oldi. Bu haqda “Fox News” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea tushdan keyin Janubiy Karolinadagi Chester okrugining Richburg shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Payn Ridj o‘rta maktabining bir guruh o‘quvchilari ekskursiyadan qaytayotgan bo‘lgan. 

“Avtobus ichida 35 nafar o‘quvchi va uchta katta yoshli odam bor edi”, deyiladi xabarda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yana 18 kishi jarohat olgan, ularning ba’zilari shifoxonaga yotqizilgan. 

Shtat rasmiylari hodisa sabablarini tekshirishni davom ettirmoqda, fojiaga olib kelgan barcha tafsilotlarni aniqlashga harakat qilmoqda.

“Janubiy Karolina shtati yo‘l patrul xizmati kelajakda bunday hodisalarning oldini olish uchun voqealar rivojini aniqlash ustida faol ish olib bormoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiyaning Turin shahridagi Vittorio Veneto maydoni yaqinida sayyohlik avtobusi Po daryosiga tushib ketgandi. Transport vositasi devorni buzib o‘tib, daryoga qulagan va qisman suv ostiga cho‘kkan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh maktab avtobusi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing