AQSHda koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlangani aytildi 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning Minnesota universiteti professori, epidemiolog Maykl Osterxolm Amerikada koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlanganidan ogohlantirdi.  Bu haqda u "Fox News" telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.  

"Qaysidir ma’noda deyarli yangi pandemiyaga tushib qoldik, deb hisoblayman. Bitta yaxshi yangilik shuki, amaldagi vaksinalar "britancha" shtammga qarshi samarali", degan Osterxolm. 

Bundan avval AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi rahbari Roshel Valenski ham pandemiyaning to‘rtinchi to‘lqini paydo bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirusga chalinganlar soni 30,7 mlndan oshgan. 555 mingdan ortiq bemor koronavirus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh koronavirus

Baholaganlar

113

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing