AQSHda koronavirusga chalingan bemorlar soni keskin oshdi

Olam

image

AQSHda bir kunda 24,7 mingta koronavirus infeksiyasiga chalinish holati qayd etildi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakatda bir kun avval 21,1 ming bemor ro‘yxatga olingan. Bugungi "natija" esa oxirgi ikki haftadagi eng katta ko‘rsatkich bo‘ldi.

So‘nggi 24 soat ichida AQSHda 921 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Bir kun oldin 1036 kishi vafot etgan edi. Bu oxirgi kunlarda bo‘layotgan ommaviy namoyish sababli ekanligi aytilmoqda. Unda odamlar masofa saqlamay ko‘chalarni to‘ldirib yurishibdi.

Shuningdek, xabar qilinishicha, Prezident Donald Tramp AQSHda koronavirus epidemiyasi deyarli tugaganini aytgan.

Avvalroq, ikki mamlakat – Eron va Pokistonda koronavirus bo‘yicha rekordlar o‘rnatilgan edi. Ushbu rekordlar birida kasallanish soni bo‘yicha, boshqasida o‘lim soni bo‘yicha qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus AQShda

Baholaganlar

471

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing