AQSHda koronavirusdan emlanish majburiy bo‘lmaydi – Bayden
Olam
−
05 dekabr 2020
3060AQSHning saylangan Prezidenti Jo Bayden aholini koronavirusga qarshi majburiy emlashni talab etmaydi. Bu borada u qat’iy pozitsiyaga ega. Bayden bu haqda YouTube’dagi o‘z sahifasida o‘tgan matbuot anjumanida gapirib o‘tdi.
“Menimcha, bu (emlash) majburiy bo‘lishi kerak emas”, dedi demokrat Jo Bayden.
Shu bilan birga, u inauguratsiya kuni amerikaliklarni infeksiya tarqalishiga qarshi kurashish uchun yuz kun davomida himoya niqobini taqishga undash niyatida ekanligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bayden koronavirus vaksinasidan keng jamoatchilik ko‘z o‘ngida foydalanishga tayyorligini bildirgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Qo‘shma Shtatlar koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda bormoqda. Pandemiya davomida mamlakatda COVID-19 kasalligining 14,3 milliondan ortiq holati aniqlandi, ulardan 278 mingdan ortig‘i o‘lim bilan yakunlandi.