AQSHda koronavirus qurbonlari xotirasiga bayroqlar tushiriladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp koronavirus pandemiyasi qurbonlari xotirasiga AQSHdagi federal binolardagi bayroqlarni uch kun mobaynida tushirishni buyurdi. Bu haqda Oq uy rahbari Twitter’dagi o‘z sahifasida ma’lum qildi.

"Men keyingi uch kun davomida barcha federal binolarda va milliy diqqatga sazovor joylardagi bayroqlarni koronavirus tufayli yo‘qolgan amerikaliklar xotirasiga tushirishlarini so‘rayman", deb yozdi Amerika rahbari.

Qo‘shma Shtatlar yaqinlashib kelayotgan dushanba, 25 may kuni nishonlanadigan Xotira kunida ham bayroqlar ham tushiriladi. "Dushanba kuni bizning mamlakatimiz uchun o‘z hayotini qurbon qilgan Qurolli Kuchlarimizdagi erkaklar va ayollar sharafiga bayroqlar tushiriladi", deb qo‘shimcha qildi Tramp.

Federal va mahalliy hokimiyat ma’lumotlari asosida hisob-kitoblarni amalga oshiradigan Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHda 1,57 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. 94 mingdan ortiq odam kasallik sabab vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus AQShda

Baholaganlar

51

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made