AQSHda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat jiddiylashishi kutilmoqda

Olam

image

AQSHda joriy yil fevral oyining o‘rtalarida COVID-19 qurbonlari soni 500 ming kishiga yetadi. Bu haqda AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining bo‘lajak direktori Roshel Valenski ma’lum qilgan. 

"Fevral o‘rtalariga qadar ushbu mamlakatda koronavirus qurbonlari soni yarim millionga yetishi kutilmoqda", deyilgan bayonotda. 

Valenskining ta’kidlashicha, AQSH Yangi yil bayramidagi sayohatlar "natijasini" endi ko‘radi.

Uning fikriga ko‘ra, bayram sayohatlari "shifoxonaga yotqizilish va o‘limning yuqori darajasi"ga olib keladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirusga chalinganlar 24 mln 482 ming 50 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakatda 407 ming 202 nafar bemor koronavirus qurboni bo‘lgan. Ikkala ko‘rsatkich bo‘yicha ham AQSH dunyoda birinchi o‘rinda turadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh koronavirus

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing