AQSHda Kolumbiya Prezidentiga qarshi tergov boshlandi – NYT

Olam

image

Manxetten va Bruklin prokuraturalari Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petroga nisbatan tergov boshladi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “The New York Times” gazetasi xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, jarayonga xalqaro narkotrafik ishlari bo‘yicha ixtisoslashgan prokurorlar, shuningdek, Narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasi (DEA) va Ichki xavfsizlik tergov xizmati agentlari jalb qilingan.

“Tergov doirasida, boshqa masalalar bilan bir qatorda, Petroning narkofurushlar bilan ehtimoliy uchrashuvlari hamda uning prezidentlik shtabi narkobaronlardan xayriya mablag‘lari yiqqan-yig‘magani o‘rganilmoqda”, deydi manbalar.

Maqolada aytilishicha, prokuraturalar tergovni bir-biridan mustaqil ravishda olib bormoqda. Hozirda ular boshlang‘ich bosqichda va biror-bir jinoiy ayblov e’lon qilinishi yoki qilinmasligi hozircha noma’lum.

Shuningdek, gazetaning aniqlik kiritishicha, ushbu tergovlar Oq uy tashabbusi bilan boshlangani haqida hech qanday dalil yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanelni hokimiyatdan chetlatishga urinayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Kolumbiya Prezidenti tergo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing