AQSHda Koloradodagi falokatdan keyin Boeing 777 samolyotlari tekshiruvdan o‘tkaziladi

Olam

image

Avvalroq, AQSHning Koloroda shtatida United Airlines aviakompaniyasining Boeing 777 samolyotining motori yonib, uning qoplamasi Denver shahrida odamlar uyiga tushgani haqida xabar bergan edik. Samolyot dvigateldagi nosozlik sabab ortga qaytib, talafotsiz qo‘nib olgandi.

AQSHning Fuqaro aviatsiyasi federal agentligi (FAA) mazkur hodisadan keyin Boeing 777 samolyotlarini tekshirishga qaror qildi. Boshqarma Pratt & Whitney PW4000 dvigateli bilan jihozlangan Boeing 777 samolyotlarini tekshirmoqchi, shu sababdan 24 ta shu turdagi havo laynerining parvozlarini vaqtincha to‘xtatdi.

“Denverda Boeing 777 samolyoti dvigateli ishlamay qolgani sababli aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar guruhi bilan maslahatlashgandan so‘ng, men ularga Pratt & Whitney PW4000 dvigatelli Boeing 777 samolyotlarini zudlik bilan yoki intensiv tekshiruvdan o‘tkazishni talab qiladigan favqulodda vaziyatlarda uchishga ruxsat beradigan yo‘riqnomani berishni buyurdim”, degan FAA rahbari Stiv Dikson.

Yaponiya hukumati ham xuddi shu turdagi dvigatelga ega Boeing’lar ekspluatatsiyasini to‘xtatishga qaror qildi va FAA bilan birga tegishli ma’lumotni to‘plamoqda. Rasmiy Tokio bunday samolyotlarga ega mahalliy aviakompaniyalar All Nippon Airways va Japan Airlines aviakompaniyalarini ushbu taqiqlovdan xabardor qildi.

Ma’lumot uchun, kecha, 21 fevral kuni bortida 231 nafar yo‘lovchi va 10 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan Boeing 777-200 samolyotining dvigatellaridan biri parvoz vaqtida ishlamay, yona boshlagan. Motorning ajralib ketgan qismlari aholi xonadoniga tushgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Boeing 777

Baholaganlar

55

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing