AQSHda katta to‘polon: Tramp tarafdorlari Kongress binosiga bostirib kirdi

Olam

image

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning tarafdorlari kecha, 6 yanvar kuni Vashingtonda Kongress binosiga bostirib kirdi, u yerda har ikkala palata ham Tramp yutqazgan saylov natijalarini tasdiqlashi kerak edi. Ular nafaqat Senat sud zaliga, balki alohida qonun chiqaruvchilarning, shu jumladan Vakillar Palatasi rahbari Nensi Pelosining ofislariga ham kirib borishga muvaffaq bo‘ldi.

AQSH markaziy telekanallarining xabar berishicha, Kongress binosi Tramp tarafdorlari unga bostirib kirmoqchi bo‘lganligi sababli politsiya tomonidan o‘rab olingan. Qonun chiqaruvchilar, jumladan vitse-prezident Maykl Pens evakuatsiya qilingan.

Namoyishchilar Vakillar Palatasining to‘siqli zaliga kirishga uringan, ular eshiklaridagi oynalarni sindirdi, deb xabar beradi AQSH Milliy jamoat radiosi. Politsiya o‘sha paytda qurollarini chiqarib, namoyishchilarga Kongress binosidan chiqib ketishni buyurgan.

Kongress mamlakatdagi Prezident saylovlari natijalari bo‘yicha munozaralarni to‘xtatdi, deb xabar berdi CNN.

Televizion kompaniyaning xabar berishicha, Kongressdagi otishma natijasida bir ayol jarohat olgan va u keyinchalik mahalliy kasalxonada vafot etgan. Bundan tashqari, Kapitoliy binosi sahnasidan yiqilib tushgan 24 yoshli erkak kasalxonaga yotqizilgan. Shifokorlar uning ahvolini og‘ir, deb baholamoqda. Bir necha huquq-tartibot xodimlari ham yaralangan. Ulardan biri kasalxonaga yotqizilgan.

Vashingtonga AQSH Milliy gvardiyasining bo‘linmalari yuborilgan, FBR maxsus kuchlari zobitlari Kongress binosiga kirgan. Biroq, bu vaqtga kelib, CNN ma’lumotlariga ko‘ra, tun bo‘yi ,binoda qolishni rejalashtirgan namoyishchilar allaqachon Kapitoliydan siqib chiqarilgan. Rasmiylar bino xavfsizligini aytmoqda.

Vashingtonda komendantlik soati mahalliy vaqt bilan 18:00 dan e’lon qilindi. Metropoliten politsiyasi boshlig‘i Robert Conti komendantlik soati buzuvchilarni hibsga olishga va’da berdi.

Huquqni muhofaza qilish idoralari Vashingtonda qo‘lbola portlovchi moslamalar mavjudligi haqida ma’lumotni tekshirmoqda.

Noroziliklar boshqa shtatlarda ham bo‘lib o‘tmoqda. Virjiniya gubernatori Ralf Nortam favqulodda holat e’lon qilgan, shuningdek Arlington va Aleksandriya okruglarida komendantlik soati e’lon qilingan.

Vashingtonning munosabati

Tramp Kongress binosi oldidagi namoyishchilarni o‘zini tinch tutishga chaqirdi. Shuningdek, u videomurojaat orqali o‘z tarafdorlaridan uylariga borishni so‘ragan. Shu bilan birga, u prezidentlik saylovidagi g‘alabasi “o‘g‘irlanganini” takrorlagan.

Trampning murojaati joylashtirilgan Twitter “zo‘ravonlik xavfi tufayli” ushbu tvitni yoqtirish va repost qilishni taqiqladi.

Shuningdek, Oq uy namoyishchilarni zo‘ravonliklarga chek qo‘yishga va xotirjam bo‘lishga chaqirgan.

Bayden Trampni zudlik bilan Vashingtondagi Kapitoliy qamalini tugatishni talab qilishga chaqirgan. U Vashingtondagi tartibsizliklarni Amerika demokratik tizimiga tahdid soluvchi isyon, deb atadi.

CNN telekanali xabariga ko‘ra, Trampning yordamchilari uni Vashingtondagi tartibsizliklar to‘g‘risida kuchliroq bayonot berishga undagan, ammo u hozirgacha rad etgan.

Dunyo reaksiyasi

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg maxsus bayonotida Vashingtondagi voqealardan hayratda qolganini bildirgan va saylov natijalarini hurmat qilishga chaqirgan.

YeXHT Parlament assambleyasi rahbarlari va uning Prezidenti Piter Lord norozilik namoyishlari paytida zo‘ravonlikni qoralab, demokratik jarayonlarni hurmat qilishga chaqirgan va "bu jarayonni qoralagan Kongress a’zolariga va boshqa siyosiy rahbarlarga minnatdorlik bildirgan.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson Tramp tarafdorining harakatlarini uyat, deb atadi. Uning ta’kidlashicha, hozirda hokimiyatni topshirish tinchlik va belgilangan tartibga muvofiq ravishda amalga oshirilishi juda muhim.

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Xayko Maas Donald Tramp va uning tarafdorlarini AQSHdagi saylovlarning rasmiy natijalarini tan olishga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQShdagi to'polon

Baholaganlar

316

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing