AQSHda qurollanib supermarketga kirgan shaxs hibsga olindi
Olam
−
25 mart 2021
2996AQSHning Atlanta shahrida (Jorjiya shtati) politsiya supermarketga qurol bilan kelgan odamni hibsga oldi. Bu haqda "Associated Press" xabar bergan.
Manbaga ko‘ra, o‘q o‘tkazmaydigan bronejilet kiygan hamda ikkita qurol va uchta to‘pponcha ko‘targan yigit shahar supermarketlaridan biriga kirib, qo‘l yuvish xonasiga borgan.
Yaqinda shaharda otishma bo‘lib o‘tgani uchun qo‘rqib ketgan xodimlar va xaridorlar darhol politsiya chaqirgan.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari yigitni hibsga olgan, u 22 yoshli Riko Marli ekani aniqlangan.
U hibsga olinayotgan paytida hech qanday qarshilik ko‘rsatmagan, ammo hozirgacha nima uchun uning do‘konga harbiy qurol bilan kelganini aniqlashning imkoni bo‘lmagan.
Politsiya hibsga olingan shaxsni psixiatrik ekspertizadan o‘tkazishni rejalashtirgan.
Avvalroq, Atlanta shahridagi massaj salonlariga hujum qilingani va unda osiyolik ayollar o‘ldirilgani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi