AQSHda ishsizlar soni 39 millionga yetdi
Olam
−
22 may 2020
3211Qo‘shma Shtatlardagi deyarli 39 million kishi koronavrus sababli mamlakatda joriy etilgan cheklov choralari tufayli ishsiz qoldi. Bu haqda AQSH Mehnat vazirligi hisobotiga asoslanib, “Associated Press” xabar bermoqda.
O‘tgan hafta davomida 2,4 milliondan ortiq kishi ishsizlik nafaqasini olish uchun murojaat qildi, deyiladi hisobotda. Ta’kidlanishicha, imtiyozlar olish uchun arizalarning umumiy soni 38,6 millionga yetdi.
Shu bilan birga, vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yetti hafta ichida kelib tushgan talabnomalar soni pasaygan, ammo bu hali ham inqirozgacha bo‘lgan davrdagi ko‘rsatkichdan o‘n baravar ko‘p.
22 may holatiga ko‘ra, AQSHda koronavirusga chalinganlar soni 1 620 902 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlardan 382 169 nafari shifo topgan bo‘lsa, 96 354 kishi vafot etdi.
LiveBarchasi