AQSHda ishlayotgan o‘zbekistonlik taksi haydovchisi qancha topadi? (video)

Bu qiziq

Nyu-Yorkdagi o‘zbekistonlik taksi haydovchisi haqida rossiyalik bloger Yaroslav Levashov Youtube’dagi o‘z sahifasida video joylashtirdi. Unda u o‘z hayoti, taksichilikdan topadigan daromadi va boshqalar haqida gapirib bergan.

“Bu taksida ketar ekanman, yarim soatdan ko‘p tasvirga olmayman deb o‘ylagan edim. Ammo barchasi boshqacha bo‘ldi. Men taksichi bilan bo‘lgan suhbatimizni e’tiboringizga havol etmoqchiman”, deydi Yaroslav Levashov.

“Amerikada bir yilda ikki marta hordiq chiqarish mumkin. Maoshlar buni ko‘taradi. Yomon tomoni shundaki, har kuni mehnat qilishing zarur. Yaxshi tarafi hamma narsa mo‘l-ko‘l. Shifokorlar yoki benzin bilan hech qanday muammo yo‘q. 20 dollarga bir marta yonilg‘i qo‘yasan, yetadi”, deydi u. 

Suhbatdosh maoshi haqida to‘xtalar ekan, o‘z-o‘ziga xo‘jayin ekanligini ta’kidlaydi.

“Maosh masalasida men o‘z-o‘zimga xo‘jayinman. Dispetcher yo‘q. Juma kunlari 550 dollar tushadi. Qolgan kunlari har xil. Mana, masalan bugun hozircha 370 dollar. Sakkiz soatda shuncha ishlayman”.

U to‘qqiz yildan buyon Amerikada yashayotganini ta’kidlagan. 

“Bir yilda bir marta yurtimga borib kelaman. Asli samarqandlikman. Men va rafiqam har oy uyga 4500 dollar jo‘natamiz. Bu yerda hammasi yaxshi. Boshida ozroq qiynalasiz. Ikki oy ishingizni ko‘rishdimi, bank sizga darhol 5000 dollar kredit ajratadi. Buning uchun hech qanday hujjat kerak emas, faqat haydovchilik guvohnomasi bo‘lsa bas”, deydi taksi haydovchisi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

868

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing