AQSHda inflyatsiya 41 yil oldingi antirekordni yangiladi
Olam
−
13 iyul 2022
7655Iyun oyida AQSHda iste’mol narxlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,1 foizga o‘sdi, bu 1981 yil noyabridan beri eng katta o‘sishdir. Bu haqda bugun, 13 iyul kuni AQSH Mehnat vazirligi e’lon qilgan ma’lumotlar darak bermoqda.
“Barcha tovar guruhlari bo‘yicha hisoblangan indeks iyun oyida yakunlangan yillik davr uchun 9,1 foizga o‘sdi, bu 1981 yil noyabr oyida yakunlangan davrdan keyingi yillik eng katta o‘sishdir”, deyiladi hujjatda.
Energiya narxlari indeksi o‘tgan yil davomida 41,6 foizga o‘sgan, bu 1980 yil aprel oyidan buyon bir yil ichidagi eng katta o‘sishdir.
“Oziq-ovqat narxlari indeksi iyun oyida yakunlangan yillik davrda 10,4 foizga o‘sdi, bu 1981 yil fevral oyida tugagan davrdan beri eng katta o‘sishdir”, deyiladi vazirlik hisobotida.
Bundan bir oy avval, may oyida iste’mol narxlarining yillik o‘sish sur’ati 8,6 foizni, aprel oyida esa 8,3 foizni tashkil etgan edi. Iyun oyining o‘rtalarida Federal zaxira tizimi (FZT) inflyatsiyaga qarshi kurashish uchun so‘nggi o‘n yilliklarda birinchi marta bazaviy foiz stavkasini birdaniga 75 bazaviy punktga, ya’ni 1,5-1,75 foizgacha oshirdi.
LiveBarchasi