AQSHda ikkita samolyot to‘qnashib ketdi
Olam
−
02 Oktabr 7062 1 daqiqa
Kecha, 1 oktyabr kuni AQSHning Nyu-York shtatidagi LaGuardia aeroportida Roanok shahriga jo‘nab ketayotgan samolyot qanoti Shimoliy Karolina shtatining Sharlott shahridan kelgan samolyotning fyuzelyaji bilan to‘satdan to‘qnashib ketdi. Bu haqda Delta aviakompaniyasiga tayanib, “New York Post” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, to‘qnashuv oqibatida kamida bir kishi (styuardessa) engil jarohat olgan va ikkala reys bortidagi yo‘lovchilar ham jabrlanmagan. Roanok shahriga ketayotgan samolyot bortida 35 kishi, Sharlott shahridan kelgan samolyot bortida esa 61 kishi bo‘lgan. Nyu-York va Nyu-Jersi aeroport ma’muriyatining bayonotiga ko‘ra, jarohat olgan shaxs shifoxonaga yotqizilgan.To‘qnashuv sabablari hozircha noma’lum.
Voqeaga qaramay, aeroport ma’muriyati aeroport faoliyatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaganini qayd etgan.
“Delta barcha tegishli organlar bilan nima sodir bo‘lganini ko‘rib chiqish uchun ishlaydi, chunki mijozlarimiz va odamlar xavfsizligi hamma narsadan ustun turadi. Biz mijozlarimizdan vaziyat uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi aviakompaniya bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 sentyabr kuni Rossiya poytaxti Moskva shahridagi “Sheremetevo” aeroportida ikkita yo‘lovchi samolyoti to‘qnashib ketgan edi. “Hainan Airlines”ga qarashli samolyotning qanoti “Rossiya” samolyotining orqa qismiga tegib ketgan va oqibatda ular zararlangan.
Mohichehra Qadamova
Live
Barchasi