AQSHda ikki harbiy vertolyot to‘qnashib ketdi. Qurbonlar bor

Olam

image

AQSHning Alyaska shtatida mashg‘ulot parvozidan qaytayotgan ikki harbiy vertolyot to‘qnashib ketishi oqibatida uch harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, bir nafari esa jarohatlandi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi. 

Mamlakat armiyasining halokat yuzasidan bergan bayonotida aytilishicha, ikki askar voqea joyida, yana biri shifoxonaga olib ketilayotganda halok bo‘lgan. Bir nafar harbiy xizmatchi esa jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan. 

Qurbonlarning ism-shariflari ularning yaqinlariga xabar berilmagunga qadar oshkor qilinmasligi aytilmoqda. 

Armiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashib ketgan ikki AH-64 Apache vertolyotida ikki nafardan harbiy bo‘lgan. 

“Bu askarlarning oilalari, ularning safdoshlari va diviziya uchun aql bovar qilmaydigan yo‘qotish. Bizning qalbimiz va ibodatlarimiz ularning oilalari, do‘stlari va yaqinlariga qaratilgan va biz ularni qo‘llab-quvvatlash uchun armiyaning to‘liq resurslarini jalb qilamiz”, deyiladi 11-havo-desant diviziyasi qo‘mondoni general-mayor Brayan Eyfler bergan bayonotda. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida AQSHda aviashou vaqtida ikki samolyot to‘qnashib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh harbiy vertolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing