AQSHda erkak aqlli soat tufayli avtohalokatda tirik qoldi

Texnologiya

image

AQSHning Massachusets shtatida yashovchi 55 yoshli Brent Hill avtohalokatga uchrab, Apple Watch soatidagi avariyani aniqlash funksiyasi tufayli omon qoldi. Bu haqda “9to5Mac” xabar berdi.

Hillning bildirishicha, u o‘zini yomon his qilib, hushini yo‘qotgan. Kuzatuv kamerasi yozuvlariga ko‘ra, uning avtomobili katta tezlikda garajni buzib o‘tib, basseynga tushgan va ag‘darilgan. Hill hushiga kelganda odam ovozini eshitgan va uni avval gallyutsinatsiya deb o‘ylagan. Aslida bu Apple Watch orqali u bilan bog‘langan favqulodda xizmat xodimi ovozi bo‘lgan.

“Men qo‘rqib ketdim. Nima bo‘layotganini tushuna olmadim. Mashinam ko‘chada katta tezlikda harakatlanayotganini videodan ko‘rganimda hayratda qoldim”, deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Apple Watch orqali operatorlar bilan bog‘lanmaganida suvga tushib ketgan mashinadan chiqishning imkoni bo‘lmasdi. Shu sababli u qutqarilgan va tirik qolgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniyaning Bristol universiteti xodimlari odamlarga chekishni tashlashda yordam beradigan aqlli soatlar ishlab chiqqan edi. Ma’lum qilinishicha, chekishni kuzatish uchun maxsus ishlab chiqilgan aqlli soatlar ilovasi bu odatni tashlamoqchi bo‘lganlarga ko‘maklashishi mumkin. Ilova chekishga oid harakatlarni sezib qolganida zudlik bilan foydalanuvchiga oldini olish haqida xabar yuboradi.


Maqola muallifi

Teglar

avtohalokat Apple Watch

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing