AQSHda COVID-19 dan o‘lganlar mamlakatning jahon urushidagi yo‘qotishlaridan oshib ketdi

Olam

image

AQSHda koronavirusdan vafot etganlar mamlakatning Birinchi jahon urushi vaqtidagi yo‘qotishlaridan ko‘payib ketdi. Jons Xopkins universitetit ma’lumotlari shundan darak bermoqda.

AQSHda bugungi kunda 2 137 731 nafar odamda koronavirus aniqlangan. Ularning 116 963 nafari vafot etgan. AQSH Birinchi jahon urushida rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 115 516 nafar odamini yo‘qotgan.

Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 8 milliondan ortib ketdi. Hozirda COVID-19 yuqtirganlar 8 175 482 nafarni tashkil qilyapti. Bugungacha jami bemorlarning 443 730 nafari vafot etgan va 3 955 179 nafari sog‘aygan.

Eslatib o‘tamiz, yangi koronavirus infeksiyasi ilk bor 2019 yilning dekabr oyi o‘rtalarida Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgandi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning 11 mart kuni koronavirus tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus AQShda

Baholaganlar

489

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing