AQSHda bir qancha rossiyalik oligarxlarga nisbatan sud jarayoni boshlandi
Olam
−
23 fevral
5339Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishining ikki yilligi arafasida Qo‘shma Shtatlar bir qancha rossiyalik oligarxlarga nisbatan sud jarayoni boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda AQSH Adliya vazirligi xabar berdi.
“Adliya vazirligi Putin urushiga turtki bo‘layotgan noqonuniy pul oqimini to‘xtatish va uni qo‘llab-quvvatlashda davom etayotganlarni javobgarlikka tortishga har qachongidan ham sodiqdir”, deydi AQSH Bosh prokurori Merrik Garland.
U o‘z bo‘limi tomonidan Kreml uchun muhim rus "harbiy o‘yinchilari"ning ta’qib qilinishini ta’minlash va aktivlarini musodara qilish uchun bir qator choralar ko‘rganini e’lon qildi.
AQSHning Nyu-York, Vashington, Florida va Jorjiya shtatlarida bir nechta oligarxlarga, jumladan, Rossiyaning ikkinchi yirik banki VTB rahbari Andrey Kostinga nisbatan ish ochilgan. Kostin pul yuvish va sanksiyalardan bo‘yin tovlashda ayblanmoqda.
AQSH Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, uning ikkita yaxtasi bor, ularning umumiy qiymati 125 million yevrodan ortiq.
Shuningdek, AQSH hukumati Rossiyaning “Otkritiye” bankining asoschilaridan biri Vadim Belyayevni hibsga oldi, u Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tgach, familiyasini Volfsonga o‘zgartirgan. AQSH Adliya vazirligi kecha, 22 fevral kuni u bilan birga AQSH fuqarosi Gennon Bondni ham hibsga olgan.
Vazirlik bayonotida aytilishicha, Belyayev va Bond VTB rahbari Andrey Kostinga qarshi 2018 yilda kiritilgan sanksiyalardan qochish sxemasida ishtirok etgan. Xususan, ular Kostinning Kolorado shtatidagi Aspen kurort shahrida joylashgan mulkini sotishga tayyorlagan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Kostin 2010 yilda Aspen shahridan 13,5 million dollarga uy sotib olgan, biroq bu mulk AQSH Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi tomonidan sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan. Boshqarma VTB rahbari mulkni 12 million dollarga sotishni maqsad qilganini ma’lum qilgan. AQSH Adliya vazirligi Kostinni cheklov choralarini buzganlikda va pul yuvishda sirtdan aybladi.
LiveBarchasi