AQSHda 69 mashina ishtirokida YTH yuz berdi

Olam

image

Kecha, 22 dekabr kuni AQSHning Virjiniya shtatida 69 ta mashina to‘qnashib ketishi oqibatida 51 kishi jabrlandi. Bu haqda “Associated Press” axborot agentligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, to‘qnashuv Virjiniya orqali o‘tuvchi shtatlarni bog‘lovchi avtomagistralda yuz bergan. Yo‘l-transport hodisasi sababli ikki yo‘nalish bo‘yicha harakat to‘xtab qolgan. Qurbon bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q. Lekin yo‘lning qatnov qismini tozalab, harakatni qayta tiklash uchun bir necha soat vaqt ketgan.

Mahalliy hukumat YTHning sababini hozircha bilmaydi. Ta’kidlanishicha, to‘qnashuv yuz bergan hududda tuman va yaxvonlik bo‘lgan.

Jabrlanuvchilar shifoxonaga yetkazilgan, ulardan 2 nafarining hayoti xavf ostida. Yana 11 nafari jiddiy jarohatlangan, ammo bu hayot uchun xavfli emas.

Hodisa tafsilotlarini o‘ganish davom etyapti.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh YTH

Baholaganlar

83

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing