AQSHda 51-shtat paydo bo‘lishi mumkin

Olam

image

AQSH Kongressi Vakillar palatasi bugun, 26 iyun kuni mamlakat poytaxti maqomi bo‘yicha ovoz berishni tashkil qiladi. Bu bilan Vashingtonni 51-shtatga aylantirish taklif qilinmoqda, deya xabar beradi “Fox News” telekanali.

Ma’lumki, hozirgi vaqtda shahar ma’muriy nuqtai nazardan Kolumbiya federal okrugi hisoblanadi, u hech qanday shtatlarga kirmaydi.

Ushbu tashabbus Demokratik partiyaning kongressmenlariga tegishli. Ularning fikriga ko‘ra, poytaxt aholisi fuqarolik burchlarini bajaradi, ammo Kongressga o‘z vakillarini saylash huquqiga ega emas.

Demokratlar ustunlik qiladigan va respublikachilar tomonidan nazorat qilinadigan Senatda rad etilgan qonun loyihasi quyi palatada tasdiqlanishi kutilmoqda.

Oq uy ushbu qonun loyihasiga baribir veto qo‘yishini ma’lum qilgan.

Qayd etish kerakki, “AQSHning 51-shtati” allaqachon atama darajasiga chiqqan. Bu Amerikaning navbatdagi shtati bo‘lishga da’vogar hududlarga nisbatan umumiy qo‘llaniladi. “51-shtat” atamasi Kolumbiya okrugidan tashqari, Puyerto-Riko, Avstraliya, Meksika, Iroq, Buyuk Britaniya, Isroilga nisbatan ham qo‘llaniladi.

Kolumbiya okrugiga shtat maqomini berishni hudud aholisi qo‘llab-quvvatlaydi. Bu ularga Kongressda o‘z vakiliga ega bo‘lish imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Vashington

Baholaganlar

144

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing