AQSHda 500 dan ortiq muhojir hibsga olindi
Olam
−
24 yanvar
3307Qo‘shma Shtatlarda 538 nafar noqonuniy muhojir qo‘lga olindi, 373 kishini hibsga olishga order berildi. Bu haqda Oq uy ma’muriyati xabar berdi.
Unda AQSH Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) tomonidan mamlakatning turli mintaqalarida 538 nafar noqonuniy muhojir qo‘lga olingani qayd etilgan.
“Bu Prezident ma’muriyatining davlatimiz chegaralarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshiradigan qadamlarning oldindan ko‘rishi, xolos”, deyiladi bayonotda.
Nyuark shahri meri Ras Barakaning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlardan biri AQSH faxriysi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp joriy yilning 20 yanvar kuni Oq uyga qaytganidan so‘ng bir nechta farmonlarga imzo chekkan, ulardan biri AQSH hududida tug‘ilgan har bir kishiga avtomatik ravishda fuqarolik berishni cheklashga qaratilgan edi. Bu huquq AQSH Konstitutsiyasining 14-tuzatmasi bilan kafolatlanadi. Biroq Trampning ushbu farmoniga 22 ta AQSH shtati bosh prokurorlari norozilik bildirdi va sudga murojaat qildi. Federal sud esa Trampning tug‘ilganlik asosida fuqarolik olish huquqini cheklashga qaratilgan farmonini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ydi.
LiveBarchasi
28 yanvar