AQSHda 12 ming yil oldin yo‘qolib ketgan bo‘rilar qayta “tiriltirildi”
Bu qiziq
−
08 aprel
18384AQSHda 12 ming yildan ortiq vaqt avval yo‘q bo‘lib ketgan bo‘rilar “tiriltirildi”. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
Amerikaning Colossal Biosciences biotexnologik kompaniyasi “dahshatli bo‘rilar” (dire wolves/Aenocyon dirus) deb ataluvchi yo‘q bo‘lib ketgan turning nusxasini qayta jonlantirdi.
Buning uchun olimlar 72 ming yillik bosh suyagi va 13 ming yillik tishdan olingan “dahshatli bo‘ri” turiga oid genlarni zamonaviy kulrang bo‘rining tuxum hujayralari bilan aralashtirib, ularni yirik zotli itlarga – surrogat onalarga joylashtirgan. Genom tahririda 20 ta o‘zgarish amalga oshirilgan, bunda “dahshatli bo‘ri”ga xos xususiyatlar – yirik tana, kuchli muskullar va oq jun asosiy e’tiborda bo‘lgan.
Natijada 2024 yil oktyabr oyida uchta bo‘ri bolasi tug‘ilgan va ularga Romul, Rem va “Taxtlar o‘yini” qahramoniga ishora sifatida Kxalisi deb ism qo‘yilgan. Bo‘rilar AQSHning maxfiy hududida yashamoqda va mol, bug‘u hamda ot go‘shti aralashmasi, shuningdek, maxsus yem bilan oziqlanmoqda. Ular hozirgi eng yirik tirik qarindoshi – kulrang bo‘ridan taxminan 20-25 foiz kattaroq, voyaga yetgach esa ularning har biri 63,5 kilogrammga yetishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu kompaniya 2028 yilda mamont DNKsi va Osiyo fili hujayralaridan foydalangan holda junli mamontni jonlantirishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi. Mamontni abadiy muzlik sharoitida saqlanib qolgan mamont bolasining DNKsi asosida surrogat ona fil tug‘ishi kerak bo‘ladi. Loyiha uchun hozirgacha 435 million dollar mablag‘ jalb qilingan. Shu bilan birga, loyiha qiymati 10,2 milliard dollarga baholanmoqda.
LiveBarchasi