AQSH yerdan tashqaridagi kosmik kemalarni qabul qilganlikda gumon qilindi
Olam
−
07 iyun 2023 13859 1 daqiqa
AQSH Mudofaa vazirligi yashirin harbiy dastur doirasida yerdan tashqaridagi kosmik kemalarni sotib olgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda kecha, 6 iyun kuni Amerika razvedka xizmatining sobiq xodimi Devid Grash “NewsNation” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Bu yerdan tashqarida kelib chiqqan texnik transport vositalari, agar xohlasangiz, ularni kosmik kemalar deb atashingiz mumkin, ular qo‘ngan yoki halokatga uchragan yerdan tashqari ekzotik transport vositalaridir”, deydi Devid Grash.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH rasmiylari ixtiyorida buzilmagan va qisman shikastlangan samolyotlar mavjud. Sobiq josusning ishonchi komilki, Pentagon kosmik kemani AQSH armiyasi bir necha o‘n yillar davomida shug‘ullanib kelgan mahfiy dastur doirasida topgan.
Grashning ta’kidlashicha, faol razvedkachilar unga ushbu dastur mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar va dalillarni ko‘rsatgan. Shuningdek, u AQSH harbiylari o‘zga sayyoralik uchuvchilarning jasadlarini topishga muvaffaq bo‘lganini aytgan.
Telekanalga bergan intervyusida sobiq razvedkachi xavfsizlik nuqtai nazaridan dalil taqdim etishdan bosh tortgan.
2022 yil dekabr oyida “Associated Press” AQSH Mudofaa vazirligining noma’lum uchar jismlarni tekshirishga ixtisoslashgan maxsus ishchi guruhi turli hodisalar bo‘yicha bir necha yuz yangi qo‘ng‘iroqlarni qabul qilgani haqida xabar bergan. Ammo Pentagon hali buning isbotini topmagan.
Charos Yunusaliyeva
Live
Barchasi