AQSH yangi turdagi dronini sinovdan o‘tkazmoqda

Olam

image

Amerikaning yangi turboreaktivli “Gremlin” droni bir yarim soatli sinov parvozidan so‘ng qulab tushdi. Bu haqda Dynetics kompaniyasi xabar bermoqda.

Dastlab qurilma muvaffaqiyatli ishga tushirildi va 1 soatu 44 daqiqa havoda bo‘ldi. Dvigetillar o‘chirilgan vaqtda yerga tushishiga ko‘maklashadigan parashyutlari ochilmay qoldi. Dron pastga qulab, portlab ketdi.

Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, nosozliklar sinov jarayonlariga xalaqit bermaydi. Chunki bundan drondan 5 ta yaratilgan bo‘lib, zaxirada yana 4 tasi bor. Dastlabki parvoz vaqtida keyingi sinovlar uchun zarur ma’lumotlar olingan.   

Ma’lumot uchun: Avvalroq AQSH hukumati yangi dron ustida ish olib borilayotgani, ular dushman havo mudofaa tizimiga zarba berish uchun xuddi arilar to‘dasi singari hujumga o‘tishga ixtisoslashtirgani haqida ma’lumot bergan edi.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh dron Dynetics

Baholaganlar

79

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing