Kurs UZS

USD

12 994.59

13.7

EUR

14 761.85

38.92

RUB

157.68

-0.99

AQSH yangi bojlardan kuniga 2 mlrd dollar daromad olmoqda – Tramp

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar tomonidan joriy qilingan tariflar mamlakatga har kuni deyarli 2 milliard dollar daromad keltiradi. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 8 aprel kuni Oq uyda ma’lum qildi.

Tramp 2 aprel kuni joriy qilingan tariflarga izoh berib, ularni “o‘zaro savdo kelishuvlari” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu chora-tadbirlar o‘z samarasini isbotlagan.

“Biz ajoyib natijalarga erishdik, har kuni biznesimizga taxminan 2 milliard dollar tushadi”, dedi Prezident.

Amerika rahbari, shuningdek, yangi shartlar munosabati bilan xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar faollashgani haqida xabar berdi.

Tramp o‘zi joriy qilgan bojlar sabab 500 mln dollarga “kambag‘allashdi” north_east

Tramp o‘zi joriy qilgan bojlar sabab 500 mln dollarga “kambag‘allashdi”

“Hozir Yaponiya delegatsiyasi shartnoma tuzish uchun bizga uchib kelyapti, Janubiy Koreya ham kelishuvga intilmoqda, boshqa davlatlar ham xuddi shunday yo‘ldan bormoqda”, deb qo‘shimcha qildi u.

Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt tariflar e’lon qilinganidan beri 70 ga yaqin davlat Trampga muzokaralarni boshlash taklifi bilan murojaat qilganini aytdi.

“Mamlakatlar adolatsiz savdo amaliyotini yo‘q qilish va o‘z bozorlarini AQSHga ochish uchun tom ma’noda raqobatlashmoqda”, deb ta’kidladi Livitt.

U, shuningdek, Tramp AQSH bilan hamkorlik qilish istagini bildirgan har bir davlat bilan individual savdo kelishuvlarini ishlab chiqishni buyurganini ta’kidladi.

Trampning yangi bojlari

2 aprel kuni Tramp AQSHning tashqi savdo hamkorlariga (ro‘yxatga jami 185 ta davlat kiritilgan) nisbatan “o‘zaro” bojlar joriy etilishini ma’lum qildi. Bojlarning minimal bazaviy darajasi 10 foizni tashkil etdi, biroq bir qator davlatlar uchun bojlar AQSHning ushbu mamlakatlar bilan savdo taqchilligiga qarab individual ravishda hisoblab chiqilgan. Masalan, Xitoy uchun bojlar 34 foizni, Yevropa Ittifoqi uchun esa 20 foizni tashkil qiladi.

7 aprel kuni Tramp, agar Pekin Amerika tovarlariga nisbatan 34 foizlik javob bojlarini bekor qilmasa, AQSH ma’muriyati Xitoyga qo‘shimcha 50 foizlik boj joriy etishini e’lon qildi. U bunday majburiyatlar 9 apreldan boshlab kuchga kirishi haqida ogohlantirdi.

Bunga javoban Xitoy Tramp bilan savdo urushida oxirigacha kurashishga tayyorligini bildirdi. Qolaversa, AQSH Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari, biznesmen Ilon Mask ham shaxsan AQSH Prezidenti Donald Trampdan bojxona siyosatini qayta ko‘rib chiqishni va ulkan import bojlarini joriy qilmaslikni so‘ragandi.

AQSH esa 9 apreldan boshlab Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga qo‘shimcha 84 foizlik boj qo‘llashga qaror qildi. Shu tariqa, Xitoy mahsulotlariga nisbatan umumiy boj stavkasi 104 foizni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp boj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing