AQSH yana Xitoyga yoqmaydigan harakatga tayyorlanmoqda

Olam

image

Oq uy ma’muriyati Tayvan uchun 500 million dollarlik qurol-yarog‘ paketini tayyorlamoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Aytilishicha, Prezident Baydenning ko‘rsatmasi bilan AQSH zaxiralarida allaqachon mavjud bo‘lgan qurol yoki yordamchi uskunalar ajratiladi. O‘tag yilning dekabr oyida qabul qilingan mudofaa byudjeti AQSH Prezidentiga Tayvanga 1 milliard dollargacha harbiy yordamni mavjud zaxiralar hisobidan tezlashtirilgan tarzda yetkazishga imkon beradi.

Xitoy o‘z hududi deb da’vo qilayotgan orol davlatga aynan qanday qurollar yuborilishi hozircha ochiqlanmagan. 
Tayvan va AQSH o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik sharoitida Xitoy so‘nggi oylarda muntazam ravishda Tayvan yaqinida yirik harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazgan. 2022 yil sentyabrida esa Jo Bayden AQSH armiyasi Tayvanni Xitoy hujumidan himoya qilishda ishtirok etishiga va’da bergan. Amerika razvedkasi esa Xitoy orolni nazorat qilish uchun harbiy ssenariy tayyorlamoqda, deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida AQSH Davlat departamenti Tayvanga 619 million dollarlik F-16 rusumli qiruvchi samolyot va boshqa tizimlarni sotishga ruxsat bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Tayvan'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing