AQSH yana bir davlatni terrorizm homiylari ro‘yxatiga kiritmoqchi

Olam

image

AQSH Prezidenti ma’muriyati Venesuelani terrorizmga homiylik qiluvchi davlat sifatida tan olish niyatida. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

Bundan tashqari, AQSH Adliya vazirligi prokurorlari Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro va hukumatning bir qator a’zolarini ayblashlari kutilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayblovlar giyohvand moddalarining noqonuniy savdosiga taalluqli bo‘ladi, ammo aniq jinoyatlar haqida so‘z yuritilmagan.

Venesuelaning terrorizm homiylari ro‘yxatiga kiritilishi Qo‘shma Shtatlarga Prezident Maduro rejimiga qarshi sanksiyalarni kengaytirishga imkon beradi, deb ta’kidladi telekanal.

2019 yilning 21 yanvar kuni Venesuelada ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. Natijada, muxolifat lideri Xuan Guaydo o‘zini vaqtincha davlat rahbari, deb e’lon qildi. AQSH boshchiligidagi bir qator davlatlar Guaydoni davlat rahbari sifatida tan oldi. O‘z navbatida, Rossiya, Xitoy, Turkiya va boshqa bir qator davlatlar Maduroni qonuniy prezident sifatida qo‘llab-quvvatladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Venesuela

Baholaganlar

197

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing