AQSH Yamanning 2 viloyatiga 6 marta havo hujumi uyushtirdi – husiylar
Olam
−
17 mart
1842AQSH bugun, 17 mart kuni Yamanning Xodeyda va Jauf viloyatlariga 6 marta havo hujumi uyushtirdi. Bu haqda Yamandagi husiylar ma’lum qildi.
“Al Masirah” telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH harbiy samolyotlari Zebid shahridagi (Hodeyda viloyati) paxtani qayta ishlash zavodiga ikkita, shuningdek, Hazm shahridagi (Jauf viloyati) hukumat majmuasiga to‘rtta zarba bergan.
Havo hujumlari oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berilmagan, AQSH tomonidan esa hozircha rasmiy bayonot berilmagan.
AQSHning Yamanga havo hujumi
Avvalroq, 7 mart kuni husiylar Isroilga G‘azoga gumanitar yordam olib kirishga ruxsat berish uchun to‘rt kun muhlat bergan edi. Aks holda, ular Isroilga qarshi dengiz hujumlarini qayta boshlashni va’da qilishdi.
15 mart kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Yamandagi husiylar pozitsiyalariga “ommaviy zarba” berish haqida buyruq berganini ma’lum qildi.
Bunga javoban husiylar yetakchisi Abdulmalik al-Husiy AQSHning yangi hujumi ularning harbiy salohiyatini kuchaytirishi bilan javob berishi haqida ogohlantirdi.
“Amerika harbiy kemalari va samolyotlari endi bizning qonuniy nishonlarimizdir”, dedi u.
Husiylarga ko‘ra, AQSH va Buyuk Britaniya havo hujumlari oqibatida Yamanning bir qancha shaharlari, jumladan Sanada ham 53 kishi halok bo‘lgan, 98 kishi yaralangan.
16 mart oqshomida husiylar harakati Qizil dengizda Amerikaning Harry Truman aviatashuvchi kemasiga javob hujumi uyushtirganini e’lon qildi. Bugun, 17 mart kuni husiylar ikkinchi hujumni boshladi.
LiveBarchasi